XALQARO OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI FARG‘ONADA "OLIMPIADA BOG‘I"NI BARPO ETDILAR

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari belgilab bergan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "Maktablarni yashil maskanga aylantiramiz!" aksiyasi e’lon qilingan edi (https://t.me/uzedu/14360).

Bugun mazkur aksiya doirasida Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi ishtirokchilari hamda Xalq ta’limi vazirligi xodimlari Quvasoy shahridagi 6-umumta’lim maktabida bo‘lib, 120 tupdan ortiq kashtan, siren, pavloniya kabi ko‘rgazmali daraxt ko‘chatlarini o‘tkazishdi.

Olimpiada ishtirokchilari tomonidan barpo qilingan mazkur bog‘ga "Olimpiada bog‘i" nomi berildi.