XALQARO OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI FARG‘ONADA TANTANALI KUTIB OLINMOQDA

8–13 noyabr kunlari Farg‘onada O‘zbekistonda ilk bor Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar bergandik. 

Bugun turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarning bir necha kun davomida yashashlari uchun "Grand Fergana Hotel"  mehmonxonasida barcha sharoitlar sha’y holatga keltirilgan.

Bir necha soatlarda Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz (https://t.me/uzedu/14339), Xalqaro olimpiadada dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 100 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda.