Onlayn olimpiadalar davom etadi.

Joriy yilning 1-noyabr kuni 7-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu onlayn olimpiada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun o‘tkazilmoqda.
O‘quvchilar 16:00dan 20:00ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi. 

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi. 📈🔖

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep