OʻZBEKISTONLIK MAKTAB OʻQUVCHILARI MALAYZIYADA OʻTKAZILGAN MATEMATIKA VA TABIIY FANLAR BOʻYICHA XALQARO OLIMPIADA GʻOLIBI BOʻLDI

2019-yilning 26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha xalqaro olimpiada oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablaridan 13 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology, Engineering, Arts and Mathematics) yoʻnalishidagi taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlarini nafaqat axborotni eslab qolish va xotirlash, balki ijodkorlik, mustaqil qidirish, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga eʼtibor bergan holda ilgari surish hisoblanadi.

Ishtirokchilar final bosqichiga rebus va matematik masalalarni yechish yoʻli bilan tanlab olindi. Mazkur bosqichda yosh toifalari boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. 

Olimpiada yakunida yosh vatandoshlarimiz 20 ta davlatdan kelgan 1100 dan ortiq oʻquvchilar orasida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Tadbir tashkilotchilari yurtimiz maktab oʻquvchilarining tayyorgarlik darajasini, ularning gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqini hamda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha bilim darajasini yuqori baholadi. Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarida shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi alohida eʼtirof etildi. Mamlakatimiz jamoasining mazkur tadbirda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgani bunga yaqqol misol boʻla oldi.

Malayziyada oʻtkazilgan olimpiadada gʻolib boʻlgan hamyurtlarimizni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan qutlaymiz!

Matematika boʻyicha:

Bronza medal:

Marat Mustafin, 3-sinf, NOU Intellect

Madjidbek Umarov, 5-sinf, NOU Vosiq International School

Firdavs Toshtemirov, 9-sinf, 107-maktab

Ramiz Zoxrabov, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim

Rauf Zoxrabov, 8-sinf, NOU Lider Taʼlim

Rahmonberdiyev Muhammadamin, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim

Zafarbek Ibrohimov, 2-sinf, NOU Sehriyo

Tabiiy fanlar boʻyicha (VANDA):

Oltin medal:

Marat Mustafin, 3-sinf, NOU Intellect

Bronza medali:

Rauf Zoxrabov, 8-sinf, NOU Lider Taʼlim

Amirxon Xaitov, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim

Tabiiy fanlar boʻyicha guruh:

Oltin medallar:

Timur Fayzillayev, 6-sinf, 13, Zarafshon shahri

Firdavs Toshtemirov, 9-sinf, 107-maktab

Abdulla Gʻayratullayev, 8-sinf, NOU Sehriyo

Ramiz Zoxrabov, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim

Kumush medallar:

Muhammadamin Rahmonberdiyev, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim

Bronza medallari:

Rauf Zohrabov, 8-sinf, NOU Lider Taʼlim

Amirxon Xaitov, 6-sinf, NOU Lider Taʼlim