COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda O’zbekiston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro fan olimpiadalari bo'yicha so'nggi ma'lumot

     COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda O’zbekiston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro fan olimpiadalari bo'yicha so'nggi ma'lumot
(2020 yil 28 may holatiga ko’ra)

O’zbekiston terma jamoalari (2019 yil 3 maydagi PQ-4306ga muvofiq) ishtirok etadigan xalqaro fan olimpiadalari:

1.  Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) – 2020 yilning 8-18 iyul kunlari Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, 2020 yilning 16-26 sentabriga ko’chirildi (https://imo2020.ru/ru/main/).

2.  Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) –  2020 yilning 6-15 iyul kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada joriy yilning 25 iyul kuni masofaviy tarzdagi nazariy imtihon ko'rinishida o’tkaziladi (https://icho2020.tubitak.gov.tr/).

3.  Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) –  2020 yilning 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, yapon tashkiliy qo'mitasi 11-12 avgust kunlari masofaviy tarzda muqobil IBO 2020 Challenge musobaqasini o’tkazadi (https://ibo2020.org/en/home/). 

4.  Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) – 2020 yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining Vilnyus shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada bekor qilinib, shu davlatning o'zida 2021 yilda o'tkazilishi belgilandi (https://www.ipho2020.lt/).

5.  Xalqaro  informatika olimpiadasi (IOI) – 2020 yilning 19-26 iyul kunlari Singapurda o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, masofaviy o'tkazilishi belgilandi (https://ioi2020.sg/).

O’zbekiston ishtiroki rejalashtirilgan boshqa xalqaro fan olimpiadalari:
1.  Xalqaro Mendeleev olimpiadasi – 2020 yilning 20-27 aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadani boshqa sanaga ko'chirish belgilandi.
2.  Xalqaro matematika musobaqasi – 2020 yilning 4-8 iyul kunlari Indoneziyaning Bagor shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa o’tkazilishi bekor qilindi.