Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada

🏢 Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida informatika va axborot texnologiyalari 💻 fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

🗓 Joriy yilning 29-may kuni (juma) soat 11:00da informatika va axborot texnologiyalari fanidan yuqorida qayd etilgan sinflarning o'quvchilari o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. ⌛️

👨🏻‍💻 Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar oo.uzedu.uz saytiga belgilangan vaqtda, o‘zlarining login va parollari yordamida kirishlari kerak.

📊O‘quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Batafsil yo'riqnoma bilan tanishing! 


Telegram 👉 @olimpdep