51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilishi 2021-yilga ko'chirildi

51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilishi 2021-yilga ko'chirildi

Joriy yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining Vilnyus shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi, IPhO prezidenti Prof. Rajdeep Singh Rawat hamda boshqaruv va tashkiliy qo'mitalarning muhokamalari natijasidagi qaror bilan 2021-yilga qoldirildi (https://www.ipho2020.lt/en/). 

Shu bilan birga, 2021-2028 yillardagi olimpiada rejasi ham bir yilga surilib, shu yillardagi mezbon davlatlarning roziligi olingan. 

Demak, 2020-yilda Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o'tkazilmaydi.