Fizika fanidan 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada

       Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida fizika  fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

Joriy yilning 23-may kuni (shanba) soat 16:00da fizika fanidan yuqorida qayd etilgan sinflarning o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. 

Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar oo.uzedu.uz saytiga belgilangan vaqtda, o‘zlarining login va parollari yordamida kirishlari kerak.

Onlayn olimpiada yakunlangach, o'quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Batafsil yo'riqnoma bilan tanishing.

Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep