Onlayn olimpiadalarning 2 oylik sarhisobi

       Karantin davrida respublikamizdagi barcha 4-11-sinf o'quvchilari uchun 5 ta fandan onlayn olimpiadalar o‘tkazildi. Hozirgi kunga qadar ushbu onlayn olimpiadalarda jami 200 952 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Hududlar va ta’lim muassasasi kesimida ishtirokchilar tahlilini yuqoridagi rasmda ko‘rishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, olympiad.uzedu.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan 301 314 nafar o‘quvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali onlayn olimpiada ishtirok etish va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, har bir o‘quvchi olimpiadadagi natijasi bo‘yicha maktab, tuman, viloyat va respublika kesimida reytinglarini bilib oladi.

Onlayn olimpiadalar davom etadi. Barchangizga omad tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲 👉@olimpdep