Onlayn olimpiada bo'yicha ko'p beriladigan savollar

     Onlayn olimpiadaning maqsadlaridan biri - o'quvchilarda AKT ko'nikmasini shakllantirishdir.

O'quvchilardan onlayn olimpiadalarda ishtirok etish, ro'yxatdan o'tish va ishtirokchi sertifikatini yuklab olish bo'yicha bir xil turdagi savollar kelib tushmoqda. 

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etmoqchi bo'lgan o'quvchilar o'z savollariga javoblarni saytimizning "KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR" bo'limida topib olishlari mumkinligini yana bir marotaba eslatib o'tamiz. (https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz?authuser=0)

Bu yerda o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun yo'riqnomalar va barcha savollariga javoblar berilgan.

Onlayn olimpiadada ishtirok etish o'ylaganingizdan osonroq! AKTdan foydalanish ko'nikmalarini birga rivojlantiramiz 👍

Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz 

Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep