7-sinf o'quvchilari uchun onlayn olimpiada
7-sinf o'quvchilari uchun onlayn olimpiada
Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi. Joriy yilning 19-iyun kuni (juma) soat 11:00 da matematika fanidan 7-sinf o'quvchilari o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz ( yoki oo.uzedu.uz) saytiga o‘zlarining login va parollari yordamida belgilangan vaqtda kirishlari kerak. Onlayn olimpiadadan so'ng o‘quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi. Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart. Batafsil yo'riqnoma (https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz) bilan tanishing! Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Axborot tizimi 👉 oo.uzedu.uz
Telegram 👉@olimpdep