Matematikadan onlayn olimpiada

      Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun matematika fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

Joriy yilning 5-iyun kuni (juma) soat 11:00da matematika fanidan yuqorida qayd etilgan sinf o'quvchilar o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. 

Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz  (yoki oo.uzedu.uz) saytiga belgilangan vaqtda, o‘zlarining login va parollari yordamida kirishlari kerak.

Onlayn olimpiada yakunlangach, o'quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Batafsil yo'riqnoma bilan tanishing!