11-oktabr sanasidan boshlab asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichiga start beriladi.
11-oktabr sanasidan boshlab asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichiga start beriladi.
✅ Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. ✅ Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. ✅Birinchi guruh fanlaridagi test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi; keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi; qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50). ✅Ikkinchi guruh fanlaridagi test topshiriqlarining barchasi A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, bunda dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi; keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi hamda qolgan 10 tasi qiyin darajadagi test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50). ✅Test natijalariga ko‘ra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. ✅Test natijalariga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, berilgan test topshiriqlarining yuqori ball beriladigan qismi bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi (ya’ni, uchinchi 10 likdan (21-30 savollar) yuqori ball to‘plagan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi. Agar u ham teng bo‘lsa, ikkinchi o‘nlik (11-20 savollar) tahlil qilinadi). ✅Har bir qism bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga xakamlar xay’ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.