Asosiy fan olimpiadasining yangi tartibi haqida bilasizmi?
Asosiy fan olimpiadasining yangi tartibi haqida bilasizmi?
🔰 II bosqich tuman xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan Maktab bosqichida (l bosqich) 1,2,3 o‘rinlarni egallab g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida oktabr oyida o‘tkaziladi. 🔰Akademik litseylar o‘quvchilari hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi g‘oliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar. 🔰 II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1,2,3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va hakamlar hay'ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan III bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. 🔰 II bosqich tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi va hududiy xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi. ❗️Endilikda asosiy fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida ballar ketma-ketligida 1,2,3-o'rinlarni egallagan ishtirokchilarning g‘olib deb topilishi uchun 76 va undan yuqori ball to‘plashliklari talab etilmaydi. ❗️Asosiy fan olimpiadalari bo‘yicha qolgan ma’lumotlarni keyingi e’lonlarimizda yoritib boramiz. Yangiliklarni kuzatib borishda davom yeting. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep