“Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562-son qarori qabul qilindi
“Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562-son qarori qabul qilindi
📝2021 yil 9 sentyabr sanasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562-son qarori qabul qilindi. ✍️Nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalar 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🔰Birinchi guruh fanlar (Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IBO, IChO, IPhO, IOI) o‘tkaziladigan fanlar) 🔰Ikkinchi guruh fanlar 🔰Maxsus maktab-internati o‘quvchilari uchun fan olimpiadasi o‘tkaziladigan fanlar ❗️Ushbu qaror bo‘yicha qolgan ma’lumotlarni keyingi e’lonlarimizda yoritib boramiz. Yangiliklarni kuzatib borishda davom yeting.
📎Qarorning birinchi ilovasida "Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiada ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
✅1. Matematika
✅2. Fizika
✅3. Kimyo
✅4. Biologiya
✅5. Informatika va axborot texnologiyalari
✅6. Ona tili va adabiyot
✅7. O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)
✅8. Qoraqalpoq tili
✅9. Rus tili va adabiyoti
✅10. Ingliz tili
✅11. Nemis tili
✅12. Fransuz tili
✅13. Tojik tili
✅14. Qozoq tili
✅15. Tarix
✅16. Geografiya
✅17. Ona tili va adabiyot (Maxsus)
✅18. Matematika (Maxsus)
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep